BODOMIY
BODOMIY — serhosil, jaydari o’rik navi, mevasi bodomga o’xshaydi. Daraxtining balandligi 10-15 metr, shox-shabbasi keng. Ko’chati o’tqazilgach, 4—5yili hosil beradi. 60-80 yil, hatto undan ham ko’proq yashaydi. Mevasi o’rtacha (28-30 gramm), cho’ziqroq, sariq-qizil, tekis, yaltiroq. Eti sariq, mazali, danagidan yaxshi ajraladi, mag’zi shirin. Iyulning birinchi yarmida pishadi. Tupidan 20-25 yoshida 200 kilogrammgacha hosil beradi. Quritilganda 21-22% bargak tushadi. Sovuqqa chidamli. Sug’oriladigan unumdor yerlarda yaxshi o’sadi. Farg’ona vodiysida keng tarqalgan.