BOJXONA SIYOSATI

BOJXONA SIYOSATI (proteksionizm) — davlatning milliy iqtisodiyotni chet el raqobatidan, ichki bozorni chet el tovarlarining kirib kelishidan himoya qilishga qaratilgan iqtisodiy siyosati. U eksportni rag’batlantirish, importni cheklash hamda import tovarlardan olinadigan boj to’lovlarini oshirish va shunga o’xshash boshqa tadbirlarda o’z ifodasinl topadi.