Bolbollar

Bolbollar (turkcha), tosh ma’budlar-tosh haykallar yoki tosh taxtalarga bo’rttirib ishlangan odam tasviri. Markaziy Osiyo, Tuva, Oltoy, Janubiy Sibir, Mo’g’ulistonning turkiy xalqlar yashagan dashtlaridagi tepaliklarga o’rnatilgan. Ohangaron vodiysidan topilgan erkak shakli bo’rttirib ishlangan tosh taxta muhim ahamiyatga ega. Bolbollar, asosan, VI-VIII asrlarda, ba’zi yerlarda XII asrgacha rasm bo’lgan. Bolbollar qabrlar, shuningdek, maxsus tepaliklarga o’rnatilgan. Ular, asosan, erkak, ayrim hollarda ayol haykallari bo’lgan. Ko’pchilik Bolbollar qo’lida idish ushlagan qurollari erkak shaklida tasvirlangan. Ba’zi olimlar Bolbollar o’lgan odam (jumladan, qabila zodagoni) ning, ayrimlari esa o’ldirgan dushmanning tasvirini anglatadi deb hisoblaydilar.