Bo’nak

Bo’nak-XX asr boshlarigacha O’rta Osiyoda mavjud bo’lgan ish haqi hisobidan dehqon va hunarmandlarga berilgan qarz. Xalfa ishga yollanish oldidan ustadan ma’lum muddatga bo’nak olgan. Odatda bo’nakni uzolmagan xalfa boshqa ustaning do’koniga ishga o’tolmagan. Bo’nak XIX asr oxiri – XX asr boshida paxtakor tumanlarda ham keng tarqalgan. Asosan dehqonlar qishloq xo’jalik asboblari, urug’lik kabi narsalarni sotib olishga muhtoj bo’lganda berilgan. Bo’nak olgan dehqonning yeri va mol-mulki garovga qo’yilib, undan olingan tilxat qozi tomonidan tasdiqlangan.