BORGOH

BORGOH (forschaa — podshoh chodiri) — maxsus ijozat bilan kiriladigan joy; podshoh, sulton yoki xonning qabulxonasi. Borgohga maxsus imtiyozli kishilar (masalan, tarxon, otaliq va boshqalar) dan bo’lak barcha mansabdorlar eshik og’aboshi orqali hukmdordan ijozat olgachgina kira olgan. Harbiy yurish, shikor va safar chog’ida hukmdor chodirining saroparda bilan ajratilgan qismi Borgoh vazifasini o’tagan.