BORISPOL

BORISPOL — Ukrainaning Kiyev viloyatidagi shahar (1956 yildan), Kiyevdan 35 kilometr Janubi sharqda. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 52 ming kishi (1991). Oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari, o’lkashunoslik muzeyi bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Borispolda Kiyev shahrining xalqaro aeroporti joylashgan. Shahar 1590 yildan ma’lum.