BORJOMI

BORJOMI — Gruziyadagi shahar. Kura va Borjomi daryolari qo’shiladigan yerda, dengiz sathidan taxminan 800 metr balandlikda. Aholisi 19,6 ming kishi (1999). Yozi issiq (iyulning o’rtacha temperaturasi 19°), qishi mo’tadil (yanvarning o’rtacha temperaturasi — 3°); yiliga 595 millimetr yog’in tushadi. Yirik balneologik va iqlimiy kurort, temir yo’l tuguni. Borjomida mineral suvni boshqa shaharlarga yuborish uchun butilkalarga quyish zavodi, teatr va o’lkashunoslik muzeyi bor.