Bo`rma, bo`rtik
Bo`rma, bo`rtik — relyefning atrofdan ko`tarilib turgan, qavariq shakli, tepa, do`ng, qir va b. Magmaning cho`kindi qatlamlar orasiga kirib yuoridagi qatlamlarni ko`tarishidan (intruziv layukolit), doimiy muzloq o`lkalarda qatlamlar orasida suv muzlab, yuza qatlamlarning ko`tarilib qolishidan (gidrolakkolit), yumshoq jinslar yuvilib ketib, qattiqroq jinslar saqlanib qolishidan paydo bo`ladi.