BORNXOLM

BORNXOLM — Boltiq dengizining Janubiy g’arbidagi orol. Daniyaga qarashli. Maydoni 588 kilometr kvadrat. Aholisi 45,2 ming kishi (1993). Eng katta shahri va porti — Ryonne. Yer yuzasi sertepa tekislik, balandligi 162 metrgacha, sohil bo’yi qumtepalardan iborat. Kaolin va gil konlari bor. Granit qazib olinadi. Igna bargli va keng bargli o’rmonlar, yaylovlar bor. Don ekish, qo’ychilik, baliq ovlash muhim o’rin tutadi.