BO’SAG’A

BO’SAG’A — Turkiston o’lkasida tog’oldi, tog’ etagida joylashgan qir, do’nglar. Nom tarkibida ham uchraydi: Bo’sag’atog’, Bo’sag’a adir. Daryolardagi Ostona, ostonatosh; Odd, arafa ma’nosida ham qo’llaniladi.

BO’SAG’A, Ostona—turkiy xalqlarda, jumladan qoraqalpoqlarda o’tovning kirish joyi (ostonasi). Kelin kuyovning yoki kuyov kelinning uyiga ilk marotaba qadam qo’yishida o’tov ostonasiga ta’zim qiladi. Mayyitni o’tovdan olib chiqishda ham boshini 3 marta ostonaga tegizib olinadi. Tug’ilgan chaqaloqning kindigi va yo’ldoshini ostona tagiga ko’milgan. O’tovni o’rnatish ham ostonadan boshlangan.