BOSH (BOSCH) KARL

BOSH (BOSCH) KARL (1874.27.8 1940.26.4) — nemis kimyogar texnologi. Leypsig universitetida o’qigan. 1935 yildan «I. G. Farbenindustri» kontserni zavodlarining bosh direktori. Bosh rahbarligida temir katalizatorligida ammiak ishlab chiqarish korxonasi ishga tushirilgan. Bosh ammiakli koloniyalarning yuqori bosimda portlash sabablarini aniqlagan. Uglerod qo’sh oksid va ammiakdan siydikchil (mochevina) olishni yo’lga qo’ygan (1913). 1-jahon urushi vaqtida sintetik gazolin ishlab chiqarish usulini ishlab chiqqan. Germaniyada bo’yoqlar ishlab chiqarish sanoatining asoschilaridan bo’lgan. Nobel mukofoti laureati (1931, F. Bergus bilan hamkorlikda).