BOSH KO’RSATKICHI

BOSH KO’RSATKICHI — antropologiyada qo’llaniladigan ko’rsatkich; bosh kengligining uzunligiga nisbati (foiz hisobida yuritiladi). Agar Bosh ko’rsatkichi 75,9 gacha bo’lsa — uzun bosh (dolixosefal), 76,0 dan 80,9 gacha bo’lsa — o’rta bosh (mezosefal), 81,0 dan katta bo’lsa — dumaloq bosh (braxitsefal), deb ataladi. Bosh ko’rsatkichini shved Anatomi A. Retsius (1842 yilda) taklif qilgan. O’tgan asrning 60-70-yillarida antropologiyada Bosh ko’rsatkichi o’zgarmas irqiy belgi degan noto’g’ri qarash hukm surgan edi. 19-asrda rus antropologi A. P. Bogdanov bosh suyagi tananing boshqa qismlari kabi davriy o’zgaruvchanlikka ega ekanligini va mayda, ikkinchi darajali irklarni yoki lokal irklarni bir-biridan ajratishda taksonomik (tasniflash, sistemalash) ahamiyatga ega ekanligini aniqlab berdi.