Bosha
Bosha-ustun boshi, yuqoridagi bezalgan qismi. Bosha ustun tepasiga to’sin, zavarrov ostidan qo’yiladi. Asosan, qattiq yog’ochdan o’yib, kesib shakl berib tayyorlanadi va naqshlar bilan bo’yab bezatiladi. Konussimon, sodda girih naqshli, yulduzsimon ko’p qirrali (asosan, sakkiz qirrali) shakllarda ishlanadi. Turarjoy va jamoat binolari qurilishida, ayvon ustunlarini bezashda foydalaniladi.