BOSHQARUV
BOSHQARUV — 1. Ikkita obyektlar o’zaro hamkorligining ma’lum turi. Bunda ulardan biri boshqaruv subyekti, boshqasi esa boshqaruv obyekti holatida bo’ladi. 2. Insonning ongli va maqsadga yo’naltirilgan faoliyati. Uning yordamida u tashqi muhim elementlar (jamiyat, tabiat, texnika)ni tartibga soladi va o’z manfaatlariga bo’ysundiradi. Boshqaruvning har xil turlari mavjud, chunonchi, texnikboshqaruv, davlat boshqaruvi, mafkuraviy boshqaruv, ijtimoiy jarayonlarni boshqarish, xo’jalik boshqaruvi yoki menejment.