BOSHQARUV HISOBI
BOSHQARUV HISOBI — xo’jalik yurituvchi subyekt axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ishlab chiqarish faoliyatini boshqarishning samaradorligi tarkibiy bo’linmalar, subyekt xizmatlari bo’limlarining faoliyati haqidagi ma’lumot bilan ta’minlanadi. Bu ma’lumotni boshqaruv hisobi to’g’ri boshqaruv qarorlarni qabul qilish maqsadida subyektning ichida faoliyat ko’rsatayotgan turli darajadagi boshqaruvchilar uchun shakllantiradi.