BOSHQARUVCHILIK FAOLIYATI BILAN BOG’LIQ RISK
BOSHQARUVCHILIK FAOLIYATI BILAN BOG’LIQ RISK — muayyan darajadagi noaniqlik elementi mavjud bo’lgan shart-sharoitlarda amalga oshiriladigan boshqaruvchilik faoliyatining alohida xususiyati ifodalanishi. Masalan, real vaziyatning qandayligini baholash uchun axborotning yetishmasligi yoki uning ishonchli emasligi oqibatida menejer yuzaga kelgan muammoning yechimini izlab, alternativ variantlardan birini tanlab olishga majbur bo’ladi. U tanlab olgan yo’l muayyan darajadagi noaniqlik elementi mavjud bo’lgani bois tashkilotga ziyon yoxud aksincha, foyda keltirishi mumkin. Bu o’rinda menejer riskka borishi lozim. Risk har qanday boshqaruvchilik faoliyatining ajralmas elementi hisoblanadi.