BOSIMLI YER OSTI SUVI

BOSIMLI YER OSTI SUVI — artezian havzalaridagi har xil bosimli suv, yoriq — karst suvi va oqimda bo’lgan burg’i qudug’i orqali yer yuziga ko’tarila olmaydigan bosimli grunt suvi. Bunday suvlarning ta’minlanishi atmosfera yog’inlarining erga singishi va yer qobig’idagi qatlamlarning elizion (siqilish) harakati hisobiga yuz beradi. Tabiiy holda bunday suvlar tabiiy buloq, yuqori haroratli sho’r suv va karbonat angidridli (SO2) suvlar ko’rinishida yer yuzasiga oqib chiqadi.