BOTALLO YO’LI
BOTALLO YO’LI (16-asr italyan vrachi L. Botallo nomidan) (ductus Botallo), arterial yo’l — quruqlikda yashovchi umurtqalilar embrionida o’pka arteriyasini orqa aortasi bilan bog’laydigan 6-arterial yoyning yuqori bo’limi. Yurakning o’ng qorinchasi (yoki bir butun qorinchaning o’ng bo’lagi) dan kelgan qonning kupi hali takomil etmagan kichik qon aylanish doirasidan o’tmay, Botallo yo’li orqali aortaga boradi. Ko’pchilik hayvonlar tug’ilganidan keyin bu yo’l berkilib, boylamga aylanib ketadi. Odamlarda Botallo yo’li homilaning o’pka arteriyasini aorta bilan bog’laydi. Ona qornidagi embrion taraqqiyoti davrida bolaning o’sishi uchun zarur bo’lgan oziq moddalar, kislorod ona qoni orqali homilaga boradi. Onadan keladigan D kislorodli qonning bir qismi yurakning o’ng bo’lmasiga quyilib, ko’p qismi ovalsimon teshik orqali chap bo’lmaі chaga, qolgan qismi o’ng qorinchaga, undan o’pka arteriyasiga o’tadi. Lekin homilada o’pka hali ishlamasligi tufayli o’pka arteriyasidagi qon yurakning embrion rivojlanishida paydo bo’lgan arteriya yo’li orqali aortaga quyilib tanaga tarqaladi. Bola tug’ilishi bilan mustaqil qon aylanish boshlanib, kislorod almashishi o’pka orqali bajariladi, natijada arteriya yo’li puchayib, biriktiruvchi to’qimali boylamga aylanadi. Ba’zan Botallo yo’li berkilmay qolib, qon aylanishi keskin buziladi, bunday hollarda albatta jarrohlik usuli qo’llaniladi.