BOTANIKA BOG’I

BOTANIKA BOG’I — tirik o’simliklar kollektsiyasini yig’adigan va shu asnoda o’simliklar dunyosi xillari va boyligini o’rganadigan, botanika sohasidagi bilimlarni tashviqot qiladigan ilmiy tadqiqot, o’quv yordamchi va madaniy-maorif muassasasi. Botanika bog’i asosini ochiq dalada va oranjereyalarda o’stirilib, ilmiy tadqiqot ishlarida va ko’rgazmalarda foydalaniladigan o’simliklar kollektsiyasi tashkil etadi. O’simliklarni joylashtirishda geografik, sistematik va ekologik tamoyillardan foydalaniladi. Ko’pchilik Botanika bog’ida dendrariylar va tog’ o’simliklari (alpinariylar), foydali o’simliklar (dorivor, oziq-ovqat, texnika, dekorativ va boshqalar) uchastkalari bo’ladi. Yirik Botanika bog’ida 2-3 minglab o’simlik turlari o’stiriladi. Botanika bog’ining asosiy ilmiy vazifasi — foydali o’simliklarni qidirib topish, ularni kompleks o’rganish va introduktsiya qilishdan iborat. Botanika bog’i tarixan dastlabki ilmiy botanik markaz hisoblanadi. Ulardan ko’pchiligi botanikaning bir qator bo’limlari bo’yicha tadqiqot olib boradigan kompleks intlar hisoblanadi; boshqalari muayyan mavzu yoki muammolar bo’yicha ixtisoslashgan bo’ladi. Botanika bog’i Yevropada monastir bog’lari asosida vujudga kelgan. Dastlabki Botanika bog’i 14-asrda Italiyada (Salerno, 1309; Venetsiya 1333) paydo bo’lgan. 16— 17-asrlarda Botanika bog’i Frantsiya, Germaniya, Niderlandiya, Angliya, Shvetsiya va boshqa mamlakatlarda tashkil etilgan, ularda asosan dorivor o’simliklarni o’rganish sohasida tadqiqotlar olib borilgan. Buyuk geografik kashfiyotlar davrida Botanika bog’ilari boshqa o’lkalardan keltirilgan o’simliklarni sinovdan o’tkazish bilan shug’ullanadi. Botanika bog’idan eng yiriklari 25 ming o’simlik turiga ega bo’lgan Ksyu (London), Edinburg (35 ming), K. Linney ishlagan Upsala (10 ming), Utrext (10 ming), Bryussel (13,5 ming), Berlin (18 ming), Jeneva (15 ming) va boshqa shaharlarda mavjud. Amerika qit’asida Botanika bog’i 18-asrdan tashkil etila boshlandi. Bu qit’ada Nyu-York (15 ming), Bruklin (8 ming), Monreal (20 ming), Rio de Janeyro (7,5 ming) Botanika bog’i eng yirik bomardir. 18-19-asrlarda Botanika bog’ilari Osiyo va Afrika mamlakatlarida tashkil etila boshlandi. Ular orasida eng mashhurlari Kalkutta (Hindiston), Bogor (Indoneziya), Paradeniya (Indoneziya)dagi Botanika bog’i hisoblanadi. Podsho Rossiyasi hududida Botanika bog’i 19-asrdan tashkil etila boshlagan. Ular orasida eng asosiylari Nikita (Qrim), Tbilisi, Batumi, Ukraina, Sibir Botanika bog’i va Moskvada joylashgan Rossiya Faning Bosh Botanika bog’i hisoblanadi. O’zbekistonda Botanika bog’i 1921 yilda Toshkent davlat universiteti qoshida tashkil etilgan. Toshkentdagi Botanika bog’i dunyodagi eng yirik Botanika bog’i qatoriga kiradi.. Ad.: Botanicheskie sadi mira (Kratkiy spravochnik) M., 1959; Rusanov F. N., Botanicheskiy sad an UzSSR, T., 1963.