BOTIRBOY

BOTIRBOY — Hisor tizmasining shimol yon bag’ridagi muzlik, tovoqsimon tabiiy chuqurlikda joylashgan. Qashqadaryoning chap irmog’i Oqsaryo (Oqsuv) ga quyiluvchi Botirboy soyi havzasida. Uzunligi 2,4 kilometr, maydoni 1,6 kilometr kvadrat. Botirboyning atrofida taqasimon joylashgan 11 ta katta kichik muzlik mavjud (umumiy maydoni 4,2 kilometr kvadrat). Botirboy muzligining tili 3280 metr, eng yuqori nuqtasi esa 3500 metr balandlikda. Muzlik joylashgan hududda o’rtacha yillik yog’in miqdori 1250 millimetr.