BOTIROVA NAZIRA

BOTIROVA NAZIRA (1948.4.9, Shovot tumani) — O’zbekiston Respubdikasi xalq o’qituvchisi (2001). Xorazm pedagogika institutini tugatgan (1970). Biologiya va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish asoslari fani o’qituvchisi. 1970 yildan Shovot tumanidagi 5-, 1973-83 va 1991-93 yillarda 32-maktabda maktab direktori o’rinbosari, 1983-87 yillarda va 1993 yildan 32-maktab, 1987 yildan 42-maktab direktori.