Botqoq tuproqlar

Botqoq tuproqlar — namgarchilik ko`p bo`lgan sharoitlarda paydo bo`lgan tuproqlar. Botqoq tuproqlar tundrada abadiy muzlagan gruntlarga yaqin yerlarda, taygada va boshqa zonalarda relyefning past joylarida tarqalgan. Namlikning ko`pligi havo kirishi va tuproqning sha- mollashini qiyinlashtiradi, organik qoldiqlar parchalanishi va oziqlantiruvchi moddalar harakatini susaytiradi. Botqoq tuproqlarda kislota ko`p. Botqoq tuproqlar kesmasida ikki qatlam: torfli, chirindiga boy yuqori qatlam va gley deb ataladigan tilli yoki kislorodi kam temir birikmalari bo`lgan qumoq tuproqli pastki qatlam ajralib turadi. Botqoq tuproqlar quritilib agrotexnik tadbirlar amalga oshirilgandan keyin unumdorligi oshadi.