BOTRIOMIKOZ
BOTRIOMIKOZ (lotincha botrys — shingil, mykes — zamburug’) — hayvonlarda uchraydigan surunkali yuqumli kasallik. Ko’pincha otlar, ba’zan koramol, qo’y va cho’chqalar kasallanadi. Kasallikni Botryomyces ascoformans zamburug’i qo’zg’atadi. Zamburug’ organizmga shikastlangan teri yoki yog’ va ter bezlari orqali kirib, shishlar paydo qiladi. Shishlar avval qattiq bo’lib, keyin yiringlab yoriladi va yaraga aylanadi. Ba’zan ichki organlarga ham tarqalib, yiringli shishlar paydo qilishi mumkin. Kasallik oylab, hatto yillab cho’ziladi, lekin hayvonning umumiy ahvoli uncha yomonlashmaydi. Shishlarning yiringlanish davrida kasal hayvon harorati ko’tarilib, oqsoqlanadi. Kasallik klinik belgilariga va lab. ma’lumotlariga asoslanib aniqdanadi. Botriomikoz jarrohlik yo’li bilan davolanadi. Kasallikning oldini olish uchun hayvonlar terisini shikastlanishdan saqlash, axtalashda aseptika kridalariga rioya qilish kerak.