BO’YIMODARON
BO’YIMODARON (Ahillea millefolium L.) — qoqidoshlar oilasining dastarbosh turkumiga mansub patsimon bargli ko’p yillik o’t. Ildiz bo’g’zidan bo’g’iz barglari va poyalar o’sib chiqadi. Poyasi bir nechta, yuqori qismi shoxlangan bo’lib, qalqonsimon to’pgullar bilan tugallangan. Iyunda gullay boshlaydi; mevasi mayda, yassi pistacha, avgustda etiladi. O’zbekistonda Bo’yimodaron turkumining 5 turi uchraydi. Bo’yimodaron adir va qirlar, yo’l yoqalari va o’rmon chekkalarida o’sadi. Tarkibida karotin, K va S vitamin, achchiq moddalar bor. Ekstrakti va damlamasi me’daichak yarasi kasalliklarini davolash, ishtaha ochish hamda qon to’xtatish uchun ishlatiladi.