Boyitish, foydali qazilmalarni boyitish
Boyitish, foydali qazilmalarni boyitish — foydali qazilmalarni keraksiz jinslardan va zararli qo`shimchalardan tozalash maqsadida rudalarga dastlabki ishlov berish. Masalan, Qozog`istondagi Qo`ng`irot konidagi mis rudasi boyitilganda kvarsning bir qismi ajratib olinadi, qolgan konsentratda (boy- itilgan rudada) mis miqdori 20% ga yetadi va undan ham oshadi (boyitilmasdan oldin esa ruda tarkibida mis miqdori atigi 1-2% dir). Shunday mexanik yo`l bilan boyitilganda minerallar tarkibi o`zgarmaydi, foydali qazilma keraksiz jinsdan tozalanadi.