Boykor
Boykor (inglizcha boycott, ingliz boshqaruvchi Ch.K.Boykot nomidan olingan, 1880 yili unga qarshi birinchi marta mazkur chora qo’llanilgandi)-1) siyosiy va iqtisodiy kurashning bir shakli, ayrim shaxs, tashkilot, korxona bilan munosabatlarni to’liq yoki qisman to’xtatish, masalan, ishga yollanish, shu korxona mahsulotini xarid qilishdan voz kechish kabilarni taqozo etadi; 2) xalqaro munosabatlarda BMT Ustaviga ko’ra-tinchlikni saqlash maqsadida (qurolli kuchlarni ishlatmay turib) ko’riladigan majburiy choralardan biri. Davlatning biron-bir davlat yoki bir guruh davlatlar bilan munosabatlarni saqlab turishdan voz kechishi.