BOZARGON
BOZARGON, bozurgon (forscha bozorchi, savdogar) — o’rta asrlarda viloyat mamlakatlararo yurib savdo qiluvchi shaxs, savdogar. Bozargonlar oldisotdi ishlaridan tashqari ayg’oqchilik ham qilib, borgan mamlakatlarining iktisodiy ahvoli, harbiy qudrati haqida ma’lumot to’plagan. Xon va sultonlar, odatda, o’z elchilarini Bozargonlarga (savdogarlarga) qo’shib yuborishgan. Buni 1216-20 yillar orasida Xorazmshoh Muhammad bilan Chingizxon, shuningdek. 16— 19-asrlarda Buxoro, Xiva, Balx bilan Rossiya va Hindiston o’rtasida olib borilgan aloqalar yaqqol ko’rsatadi.