BOZOR

BOZOR — l) talab va taklif uchrashadigan joy, bu yerda ishlab chiqarilgan mahsulotning jamoatchilik sezayotgan ehtiyojga mos kelish darajasi aniqlanadi, mazkur tovarning boshqa raqobatchi tovarlar bilan raqobatbardoshligi taqqoslanadi; 2) tovar, xizmat va boshqa mulk turlari bilan almashish sohasi; 3) iste’molchilar guruhi; 4) mazkur tovarning barcha xaridorlari; 5) tashkillashtirilgan savdo joyi; 6) tovar va xizmatlarni olish manbayi; 7) qandaydir mahsulot yoki xizmatlarning virtual yoki tabiiy aks ettirilgan mavjud yoki potensial xaridorlari va sotuvchilari majmuyi; 8) birja. Sotuvchi va xaridor o’rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar majmuyi. Bozordagi talab va taklif iqtisodiy, demografik, ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy omillar ta’sirida shakllanadi. Talab yo’q, o’tmay qolgan narsa, mol haqida “Bozor kasod”, talab yuqori bo’lgan, tez o’tadigan narsa, mol haqida esa “Bozor chaqqon” deyiladi. “Bozor ko’tarmaydi” — bu tovarni ushbu narxga bozorda hech kim olmaydi degan ma’noni anglatadi.