BOZOR FUNKSIYALARI
BOZOR FUNKSIYALARI — bozor bajaradigan iqtisodiy vazifalar. Unga, asosan quyidagilar kiradi: l) Tovar ayirboshlash orqali ishlab chiqarish bilan iste’molni bir-biriga bog’lash; 2) Iste’mol buyumlari va xizmatlarni aholiga yetkazib berish orqali xalq farovonligini oshirish; 3) Narxlarning o’zgarishi orqali talab va taklifni bir-biriga moslashtirish, pulni tovarlar bilan ta’minlab, pul muomalasining barqaror bo’lishiga erishish ; 4) Davlatlar o’rtasidagi teng huquqli iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, mustahkamlash va boshqalar.