BOZORNI TADQIQ ETISH

BOZORNI TADQIQ ETISH — l) muntazam ravishda ishlab chiqarish bozorlarini (ishlab chiqarishni takomillashtirish uchun), ularning mavjud va potensial iste’molchilar ehtiyojini qondirish uchun tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni ta’minlash qobiliyatini tadqiq etish. Tadqiqotlar sotuv bozori, ishchi kuchi bozori, kapital bozori hamda xomashyo va materiallar bozorini qamrab oladi; 2) bozori sig’imi, salohiyati, raqobatchilik muhiti va narx tavsifnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish uchun bitta yoki bir nechta bozorlarning sifat va miqdoriy tahlili.