BOZORQO’RG’ON SUV OMBORI
BOZORQO’RG’ON SUV OMBORI — Qirg’iziston Respublikasi O’sh viloyati Bozorqo’rg’on tumani chegarasida joylashgan. Omborga suv Qoraungur daryosidan chiqarilgan kanal orqali oqib keladi. 1959 yilda ishga tushirilgan. Foydali suv sig’imi 20,0 million metr kub, umumiy sig’imi 22,5 million metr kub. Suv ombori yuzasi 2,67 kilometr kvadrat. Bozor suv ombori suvi bilan 14,5 ming gektar yer sug’oriladi.