BO’ZTO’RG’AY

BO’ZTO’RG’AY (Calandrella rufescens) chumchuqsimonlar turkumining to’rg’aylar oilasiga mansub qush. Rangi nomiga juda mos, boshqa to’rg’aylar kabi sarg’ish tovlanmaydi. Shimoliy Afrika, Janubiy Sharqiy Yevropa va Osiyoda tarqalgan. O’zbekistonning faqat cho’l va dashtlarida uchraydi, asosan qumloqlarda, ba’zan sho’r yerlarda yashaydi. Toshloq va taqir cho’llarda uchramaydi. Yerga uya soladi, yoz bo’yi 2 marta 3-5 tadan tuxum qo’yadi. Tuxumdan chiqqan jo’jalarini 9 kun davomida uyasida, 10 kungacha uyadan tashqarida boqadi. Chigirtka, qo’ng’iz kabi hasharotlar, ba’zan dondun bilan oziqlanadi. Dasht va cho’l sharoitida zararli hasharotlarni ko’plab qirib, katta foyda yetkazadi. Bo’zto’rg’ayning 10 tacha kenja turi bor. O’zbekistonda S. r.pispoletta kenja turi uchraydi.