BRIFING

BRIFING (inglizcha briefing; brief— qisqa) — rasmiy shaxslarning ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvi. Unda muayyan masala bo’yicha rasmiy nuqtai nazar yoki xalqaro muzokaralar, kengashlar, konferentsiyalarning borishi va boshqalar to’g’risida tomonlarning o’zaro kelishib olingan qarashlari rasmiy xulosasi qisqacha bayon qilinadi.