BROKGAUZ VA EFRON ENTSIKLOPEDIK LUG’ATI

BROKGAUZ VA EFRON ENTSIKLOPEDIK LUG’ATI — rus universal entsiklopediyasi. F. A. Brokgauz — I. A. Efron aktsiyadorlik nashriyot jamiyati tomonidan chiqarilgan (Peterburg, 1890 — 1907; 82 asosiy va 4 qo’shimcha jilddan iborat. Ilk 8 jildi I. E. Andreevskiy, qolganlari K. K. Arsenev va F. F. Petrushevskiylar tahriri ostida nashr etilgan). 1911-16 yillarda yangi nashrini chiqarishga harakat qilingan (rejalashtirilgan 48 jilddan 29 jildi chiqqan).