BROMIDLAR

BROMIDLAR — metallar va metallmaslarning brom bilan hosil qilgan birikmalari, bromid kislota (NVg) tuzlari. Metallmaslarning bromidlari (masalan, Svg4, SiBr4) molekulyar panjarali va oson uchuvchan moddalardir. Ishqoriy va ishqoriyer metallarning bromidlari suvda yaxshi eriydi; faqat kumush bromid, qo’rg’oshin bromid va ba’zi metallarning bromidlari suvda yomon eriydi. Kaliy, natriy Bromidlar tibbiyotda va bromning boshqa birikmalarini olishda, kumush bromid fotografiyada ishlatiladi.