BROMIDLAR, TABIIY BROMIDLAR

BROMIDLAR, TABIIY BROMIDLAR — kamyob minerallar guruhi, Kumushning galogenli birikmasi. Asosiy minerallari: bromargirit (AgBr), embolit Ag (C1, Vg). Tuzilishi tosh tuzi tipiga mansub. Minerallar guruhining fizik xususiyati juda o’xshash. Bromidlar donalari sariq yoki sarg’ish-yashil rangda, kristallari kub yoki oktaedr ko’rinishida, olmos kabi yaltiroq; yumshoq, ba’zan egiluvchan. Qattiqligi 2-2,5; Sof og’irligi 5,7 dan (embolit) 6,5 (bromargirit) gacha. Bromidlar faqat quruqcho’l iqlimli oblastlarda tarkibida kumush bo’lgan sulfidlarning oksidlanish zonalaridagi konlarda uchraydi.