BUBKA SERGEY NAZAROVICH

BUBKA SERGEY NAZAROVICH (1963) — ukrainalik sportchi (yengil atletika). Olimpiya o’yinlari (1988), jahon (1983, 1987, 1991, 1995, 1997), Yevropa (1986) chempioni. Jahon va Yevropa kubogi musobaqalarining g’olibi bo’lgan, bir necha marta jahon rekordi o’rnatgan. Sport tarixida ilk bor langar cho’p bilan 6 metr balandlikdan oshib o’tgan.