BUDDLEYA

BUDDLEYA (Buddleia) — kuchaladoshlar oilasiga mansub turkum. Osiyo, Amerika, Janubiy Afrikaning issiq mo»tadil iqlimli hududlarida tarqalgan. 100 turi ma’lum. Ba’zi turlari manzarali o’simlik sifatida ekiladi. O’zbekistonda 2 turi (V. davidii va V. alternifolia) o’stiriladi. Ularning gullari binafsha rangda. Iyuldan noyabrgacha gullaydi, tez ko’karadi, bo’yi 4 metrga boradi. Birinchi tur bargi qarama-qarshi, ikkinchisiniki esa ketma-ket joylashgan.