BUDEVSKAYA ADRIANA

BUDEVSKAYA ADRIANA (aslida Adriana Kincheva Gancheva) (1878.13.12, Dobrich—1955.9.12, Sofiya) — bolgar aktrisasi, Bolgariya xalq artisti (1953). Bolgar realistik aktyorlik san’ati asoschilaridan. Varnada «ozod teatr»ni tashkil etgan (1904). Mashhur rollari: Qaynona («Qaynona»), Tsena («Ilon to’yi»), Rada («Zulm ostida»), Nora («Nora»), Ofeliya («Hamlet») va boshqalar.