BUDINLAR

BUDINLAR — Skifiyapa yashagan ko’p sonli kuchmanchi qabilalarning umumiy nomi. Gerodotning yozishicha, Budinlar kuzlari moviy, sochlari malla kishilar bulib, sarmapiarga qo’shni yerlarda hayot kechirganlar. Budinlar yerlarida yog’ochdan qurilgan harbiy istehkomlar ko’p bo’lgan, ular skiflarning Doro I ga qarshi urushlarida qatnashgan. Ilmiy adabiyotda Budinlar yashagan yerlar Sharqiy Yevropaning Dnepr daryosi bilan Volga daryosi oralig’ida deb ko’rsatiladi. O’rta Donda saqlanib qolgan mozorqo’rg’onlar Budinlarga tegishli bo’lishi mumkin. Budinlarning qaysi elatga mansub ekanligi aniqlanmagan. Tadqiqotchilardan ayrimlari ularni mordvalarga, ba’zilari esa slavyanlarga mansub desa, boshqalari fors qabilalaridan biri deb hisoblaydi.