BUDJET MABLAG’LARIDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLILIGI VA TEJAMLILIGI PRINSIPI
BUDJET MABLAG’LARIDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLILIGI VA TEJAMLILIGI PRINSIPI — ma’no-mazmuni shundan iboratki, unga muvofiq ravishda vakolatli organlar va budjet mablag’larini oluvchilar budjetlarni tuzish va ularning ijrosini ta’minlashda, eng avvalo, ko’zda tutilgan (rejalashtirilgan) maqsadlarga erishishda mablag’larning eng kamroq hajmidan yoki ma’lum bir hajmdagi budjet mablag’laridan foydalangan holda, eng yuqori natijaga erishishning zarurligidan kelib chiqmog’i kerak.