BUDJET ROSPISI (RO‘YXAT-YOZUVl)
BUDJET ROSPISI (RO‘YXAT-YOZUVl) — O’zbekiston Respublikasining budjet tasnifiga muvofiq tuziladigan budjetning daromadlari va xarajatlarini, budjetning taqchilligini moliyalashtirish manbalari tushumining choraklik taqsimoti to’g’risidagi hujjatdir, mazkur hujjatda tasdiqlangan budjet mablag’larining budjet mablag’larini oluvchilari o’rtasidagi taqsimoti belgilanadi. Unda yil davomida soliqlar va boshqa to‘lovlarning budjetga kelib tushish va budjet mablag’larining sarflanish muddatlari o’z aksini topadi.