BUDJET TIZIMINI BOSHQARISH SOHASIDAGI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING VAKOLATLARI
BUDJET TIZIMINI BOSHQARISH SOHASIDAGI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING VAKOLATLARI — davlat budjeti loyihasini tayyorlash (shakllantirish), Davlat budjeti va uning tuzilmasiga kiruvchi budjet mablag’lari tushumi va sarfining tartibini belgilash hamda nazoratini amalga oshirish, respublika budjeti xarajatlarini amalga oshirish, budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini ro’yxatdan o’tkazish, budjet mablag’lari oluvchilarning Davlat budjeti mablag’laridan foydalanishini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, o’z vakolatlari doirasida umummajburiy tusdagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni o’z ichiga oladi.