BUDJET TIZIMINI BOSHQARISH SOHASIDAGI QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASI DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI VA JOYLARDAGI DAVLAT HOKIMIYATI ОRGANLARINING VAKOLATLARI
BUDJET TIZIMINI BOSHQARISH SOHASIDAGI QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASI DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI VA JOYLARDAGI DAVLAT HOKIMIYATI ОRGANLARINING VAKOLATLARI — a) Qoraqalpog’iston Respublikasi Juqorg’i Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari: belgilangan tartibda Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarni qabul qilish, shuningdek, ularning ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tasdiqlash, qonun hujjatlariga muvofiq mahalliy budjetga tushadigan mahalliy soliqlar, yig’imlar va to’lovlar miqdori hamda ular bo’yicha imtiyozlarni belgilash, qonun hujjatlariga muvofiq ravishda boshqa vakolatlarni amalga oshirish; b) Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimliklar: Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar Ioyihalarini belgilangan tartibda Qoraqalpog’iston Respublikasi Juqorg’i Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari qabul qilishi uchun taqdim etish va ularning ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tuzish, budjetga tushumlar to’liq va o’z vaqtida tushishi hamda budjet mablag’laridan belgilangan maqsadlarda foydalanilishi ustidan nazoratni tashkil etish, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa boshqa vakolatlardan iborat.