BUDROCHTEPA

BUDROCHTEPA — qadimgi shahar xarobalari. Surxondaryo viloyati Denov tumanila joylashgan. Maydoni salkam 120 gektar. Unga Zaxartepa, Oqmozortepa va Dunyotepa deb nomlangan tepaliklar kiradi. Budrochtepa o’rta asrlarda Chag’oniyon deb atalib, podsho saroyi, Shaxriston va raboddan iborat bo’lgan. Budrochtepa Afrosiyob devoriy rasmlaridagi sug’dcha yozuvlarda «Chag’oniyon», Arab manbalarida «Sag’oniyon» deb atalgan. Ilk bor 1960 yilda B. O’zbekiston san’atshunoslik ekspeditsiyasi tomonidan ochilgan, 1960 yildan beri shu ekspeditsiya ishlaydi. Arxeologik qazishmalardan ma’lum bo’lishicha, Budrochtepa o’z boshidan bir necha tarixiy bosqichlarni kechirgan: 1) miloddan avvalgi 1-asr — milodiy 1-asrlarda Oqmozortepa va Dunyotepa o’rinlarida kichkina qishloq barpo etilgan; 2) milodiy 1-3-asrlarda shahar hajmi 10 gektar etib, Oqmozortepa shoh saroyiga aylantirilib, 10 metr qalinlikdagi mudofaa devori bilan o’ralgan, Dunyotepa esa katta manzilgoh bo’lgan; 3) milodiy 3-5-asrlar boshlarida shahar inqirozga yuz tutgan, mudofaa devorlari xarobaga aylangan; 4) 5-asr oxiri va 8-asr boshlarida shahar yana tiklandi va 3 qismdan: shoh saroyi, Shahriston va raboddan tashkil topgan. Shahriston atrofidagi devorning uzunligi 3 kilometrga yetgan; 5) 8-9-asrlarda, Arab istilosidan so’ng shahar mavjud bo’lib, uning hajmi bir oz kichik bo’lgan; 6) 10— 11-asrlar birinchi yarmida shahar taraqqiy etgan. Shaharning umumiy maydoni 6 kilometr kvadratga yetgan; 7) 11 —12-asr o’rtalarida shahar Saljuqiylar sultoni Ann Arslon tomonidan zabt etilgan. Ashyoviy dalillar shu paytda Dunyotepada hayot to’xtaganligini va shahristonning ham mavqei pasayganligini ko’rsatdi; 8) 12- asr o’rtasi — 13-asr boshlarida shahar yana tiklangan; 9) 13-asr boshida shahar mo’g’ul istilochilari tomonidan vayron qilinib 15-asr boshlarida esa shahristonda hayot tamomila to’xtagan, Dunyotepada hayot qisman kechgan, Oqmozortepa esa pishiq g’ishtlar bilan tiklangan qabristonga aylantirilgan. Shahar o’rni raboddan sharqda — g’ishli degan joyda paydo bo’lgan, u erda madaniy qatlam 4-5 metrni tashkil qiladi; 10) 16-asr boshlarida Shayboniylar tomonidan shahar batamom vayron qilingan. Chag’oniyon poytaxti endi Budrochtepadan 10 kilometrcha uzoqlikda joylashgan «Dexinav»ga, hozirgi Denovga ko’chgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida har bir davr uchun kerakli ashyoviy dalillar topilgan. Ular orasida spool idishtovoqdar, haykalchalar, Kushon podsholarining mis tangalari va so’nggi davrdagi kumush va jez tangalari, toshdan va qimmatbaho ashyolardan tayyorlangan taqinchoqlar, shisha idishlar, temir va jezdan tayyorlangan qurol-aslahalar va uy-ro’zg’or buyumlari ko’plab topilgan. Ad.: Drevnosti Yujnogo Uzbekistana, Katalog, Tokio, 1991.