BUER

BUER (gollandcha boeir — xona) — konki yoki g’ildiraklarga o’rnatilgan maxsus yengil konstruktsiyali uchburchak shakldagi xona, elkanli platforma; muz ustida uchishga mo’ljallanadi. Aviatsiyaga ishlatiladigan fanera, oliy sifatli qattiq daraxtlar, alyuminiy va po’latdan quriladi. Buer o’quv mashg’ulot hamda sayr qilish uchun 5-10 kishi sig’adigan ochiq maydonchali qilib ham yasaladi. Sport Bueri tana (korpus), aylanadigan machta, har ikki yondagi konkilarga o’rnatilgan shoti, boshqaruvchi rul qurilmasi va konkilardan iborat bo’ladi. Buerning sirg’alib uchishi uchun silliq muz, sekundiga 3— 5 metr tezlik bilan esib turuvchi shamol bo’lishi kerak. Uning uchish tezligi soatiga 100 kilometrga boradi. Dastlabki Buerlar 18-asrda Rossiyada paydo bo’lib, ulardan shimoliy ko’llarda baliqchilar foydalanishgan. Turli yuk va odamlarni muz ustidan tashib o’tishda qo’l kelgan. Xususan, 2-jahon urushi paytida Buerdan razvedka, aloqa va transport vositasi sifatida foydalanilgan, qamaldagi Leningrad bilan Ladoga ko’li orqali aloqa bog’lab turilgan. Buerlarda muz ustida o’tkaziladigan poyga Buer sporti deyiladi. U AQSh, Kanada, Yevropaning bir necha mamlakatlarida ommalashgan. Buer sporti bo’yicha 1964 yildan jahon va Yevropa birinchiliklari o’tkaziladi.