Bug’

Bug’ (arabcha-muguz, shox)-burg’u-shox, sopoldan yasalgan qadimgi puflama cholg’u. Odamlarni to’plash, ogohlantirish uchun ishlatilgan. Bug’ning puflanadigan uch tomoni ingichka bo’lib, yonida teshik-parda yo’q. Bir xil, lekin ancha olisdan eshitiladigan tovushlar chiqaradi. O’rta Osiyoda, ayniqsa, Amir Temur va temuriylar davrida lashkarg nog’ora, karnaylar qatori muayyan xizmatlari uchun Bug’ topshirilgani haqida ma’lumotlar mavjud.