BUG’LATIB SOVITISH
BUG’LATIB SOVITISH — sanoat pechlari (domna, Marten va boshqa pechlar) ning qismlarini sovitish usuli; ishi pech sovitkichlarining berk tizimlarida aylanadigan suvning bug’lanish issiqligidan foydalanishga asoslangan. Trubani quyqa hosil bo’lish va zanglashdan saqlash uchun kimyoviy tozalangan suv ishlatiladi.