BUG’UCHALAR
BUG’UCHALAR, kanchillar (Tragulidae) — juft tuyoqlilar turkumiga mansub sut emizuvchilar oilasi. Afrika Bug’uchalari (Hyemoschus) va Osiyo Bug’uchalari yoki kanchillari (Tragulus) degan ikkita uruqqa bo’linadi. Afrika Bug’uchalarining faqat bitta turi (N. aquaticus) bor. U Afrikaning tropik o’rmonlarida yashaydi. Osiyo Bug’uchalari yoki kanchillarning Janubiy va Janubiy Sharqiy Osiyoda tarqalgan 3 turi bor. Bug’uchalarning tuzilishi bug’uga o’xshaydi, lekin undan kichik bo’ladi. Kattaligi quyondek keladi. Shoxi bo’lmaydi, oyoqlarida to’rttadan barmoqlar bor. Bug’uchalarning eng mashhuri Yava bug’uchasi yoki kanchilidir (T. javanicus). Uning bo’yi 40 santimetr, dumi 4 santimetrcha. O’zi juda chiroyli. Bosh tomoni och jigarrang, bikini sariq, yelkasi qoramtir. Erkagining tishi 3 santimetr tashqariga chiqib turadi. O’rmon va butazorlarda yashaydi. U tungi hayvon. O’simlik va mevalar bilan oziqlanadi, 2 ta bola tug’adi. Go’shti yumshoq va mazali.