BUKOV (BUKOV) EMILIAN NESTEROVICH
BUKOV (BUKOV) EMILIAN NESTEROVICH (1909.27.7 Jan. Bessarabiya 1984) — Moldaviya xalq yozuvchisi (1982). Buxarest universitetini tugatgan (1936). Ilk ijodida jamiyat keskin tanqid qilingan, inqilobiy kurash ruhi kuchli («Mehnat qaynaydi», 1932; «Quyosh nutqi», 1937; «Xitoy», 1938 va boshqa she’rlar to’plamlari). Keyinchalik Bukov Vatanni, moldavanlar hayotidagi o’zgarishlarni kuylagan («Men seni ko’ryapman, Moldaviya», 1942; «Dnestrda bahor», 1944; «Mening mamlakatim», 1947 va boshqalar). «Bugun va erta» (1965) she’rlar to’plami, «Reut shahri» (1965) she’riy roman, «Qalb uchqunlari» (1965) hikoyalar to’plami hamda «Magistral» (1969) romani bor. «Ona» hikoyasi, «Yoshlarga», «Aprel», «Bugun va erta», «O’tmish va istiqbol» she’rlari o’zbek tiliga tarjima qilingan. Moldaviya davlat gimnining muallifi (hamkorlikda).